19 dekabr keçki payt Berlinda Nitstsada yozda sodir etilgan teraktga öxşaş hujum sodir etildi. Polşa avtomobil raqamiga ega bölgan, metall ortilgan yuk maşinasi haydovçisi şahar markazidagi Kurfyurstendamm köçasida Rojdestvo yarmarkasiga yiğilgan odamlar ustiga haydab, ularni ataylab bosib ketgan. Haydovçi köça böylab 50 metrça yurib ötgan. 

Oxirgi ma'lumotlarga köra, hujum oqibatida 12 kişi halok bölgan, 48 kişi şifoxonaga yetkazilgan. Haydovçi qölga olinganda, u umuman yevropalik emasligi aniqlangan. Politsiyaning fikriça, u afğon yoki pokistonlik bölişi mumkin. Aniqlanişiça, u maşinani öğirlab ketgan. 

Uşbu hujum uçun javobgarlikni IŞID terrorçilik guruhi öz zimmasiga oldi. 

Nitstsada yuk maşinasidan foydalanib amalga oşirilgan terakt 2016 yil 14 iyulda keçki payt Ingliz sohilböyida sodir etilgandi. 31 yoşli tunislik Muhammad Lauej-Bulel 19 tonnalik yuk maşinasida Fransiya milliy bayrami – Bastiliyaning olinişi kuni şarafiga uyuştirilgan salyutni kuzatayotgan olomonni ataylab bosib ketgan. Hujum oqibatida 86 kişi halok bölgan, 308 kişi yaralangan. Terrorçi politsiya tomonidan otib öldirilgan. Uşbu terakt uçun javobgarlikni IŞID öz zimmasiga olgandi.