Karlovga qurollangan hujum dushanba kuni ko‘rgazmada ochilishida yuz berdi. Tadbir davomida jinoyatchi bir necha bor elchining orqasidan o‘q uzgan. Rossiyalik olingan jarohatlar sabab jon taslim qildi. Guvohlarning ma'lum qilishicha, qotil ko‘rgazma o‘tayotgan binoga kostyum kiygan va bo‘yinbog‘ taqqan holda kirib kelgan hamda elchining tansoqchisi deb qabul qilingan. Hujum qilgan erkak politsiya tadbiri natijasida yo‘q qilindi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi hodisani terakt deb baholagan.
Chavusho‘g‘li Ukrainaga 20-21 dekabr kunlari yuqori darajadagi turk-ukrain o‘zaro hamkorlik Kengashi yig‘ilishiga tayyorgarlik maqsadida kelishi rejalashtirilgandi.
"Anqarada yuz bergan fojiali hodisa tufayli bizning vazir Ukrainaga rejalashtirgan tashrifini bekor qildi. Uning qachon bo‘lishi hozircha noma'lum", - degan agentlik suhbatdoshi.











