Özbekistonning Turkiyadagi elçisi Ulfat Qodirov rossiyalik hamkasbi Andrey Karlov öldirilgan körgazmada iştirok etgani ma'lum böldi. Bu haqda Qirğizistonning Turkiyadagi elçisi Ibrohim Junusov feysbukdagi sahifasida aytib ötgan.
«Biz körgazmada Özbekiston elçisi hamda Karlov bilan bir qatorda turib suhbatlaşdik. Yonimizda qandaydir yigit aylanib yurardi. Men uni tansoqçi deb öyladim. Karlov sözga çiqişni boşlagaç esa, u öt oçdi. U baland ovozda hamma yerga yotişi kerakligi haqida baqirdi. Öqlari tugaganidan keyin esa qoçib ketdi. Men u yerda haydovçi bilan birga edim. Körgazmada hammasi bölib 150 kişi bor edi», - degan Junusov.
Eslatib ötamiz, rossiyalik elçi Andrey Karlov Turkiyaning Anqara şahrida röy bergan terrorçilik akti oqibatida öldirildi. BMT Xavfsizlik Kengaşi qotillikni terakt deb tan oldi.
Ma'lumot uçun, uşbu hodisadan söng bir qator davlatlar Turkiyadagi öz elçixonalarida xavfsizlik çoralari kuçaytirilganini ma'lum qilişdi. Özbekiston Taşqi işlar vazirligi esa bu borada hozirça rasmiy izoh bermagan.

















