Germaniyaning Saar yeri içki işlar vaziri Klaus Buyon ma'lum qildiki, mamlakat uruş holatida turibdi.
«Biz şuni tan olişimiz kerakki, uruş holatidamiz, ba'zilar esa buni sezişmayapti», — deya Buyonning sözlarini keltirgan SR naşri.
19 dekabr kuni Berlinda yuk maşinasi Rojdestvo yarmarkasiga çiqqan kişilar ustiga yurib borişi oqibatida 12 kişi halok böldi va 50dan ortiq kişi turli darajada tan jarohatlari oldi.
Germaniya IIV Berlindagi hodisani terakt sifatida tan oldi.
20 dekabr kuni esa Gessen yeridagi Visbaden şahrida otişma röy berdi va bir kişi halok bölib, 2 kişi jarohatlandi. Öq uzgan şaxs qidirilmoqda.

















