Rossiya prezidenti Vladimir Putin RFning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlov Anqarada otib öldirilgani Rossiya va Turkiyaning Suriyada tinçlik örnatiş uçun olib borayotgan harakatlariga zarar keltiriş maqsadida amalga oşirilgani haqida gapirdi.

U öz elçisi öldirilişiga javoban Rossiya terrorizmga qarşi kuraşni kuçaytirişini ma'lum qilgan.

"Bunga faqat bir yöl bilan javob qaytariş mumkin — terrorga qarşi kuraşni kuçaytiriş. Banditlar buni öz tanalarida his etişadi", — deya qöşimça qilgan rossiyaliklar prezidenti.

Rossiya prezidenti marhum elçining yaqinlariga hamdardlik bildirgan.

Uşbu voqeadan keyin Rajab Toyib Erdöğan va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi. Unda Turkiya rahbari bölib ötgan voqea yuzasidan qanday işlar amalga oşirilayotganini xabar qildi.

Öz navbatida, Putin uşbu mamlakatdagi Rossiya diplomatik vakolatxonasi xavfsizligini ta'minlaşni söradi.

Andrey Karlovga fotokörgazma oçilişi vaqtida hujum qilindi. Politsiya tomonidan yöq qilingan qotil muqaddam Anqara politsiyasida xizmat qilgan va 2,5 yillik xizmatdan keyin şu yil kuzida işdan böşatib yuborilgan Mavlud Mard Oltintoş ekani aniqlangan. Uning onasi va ikki opasi tergov qilinmoqda.