AQSh Janubiy Koreyada bundan keyin ham strategik kuchlarini joylashtirishi ma'lum bo‘ldi

Foto: AP
AQSh Janubiy Koreyada bunday keyin ham strategik kuchlarini joylashtirishini tasdiqladi. Bu Shimoli-Sharqiy Osiyodagi o‘z ittifoqdoshlarini Pxenyanning yadro va raketa tahdididan himoya qilish maqsadida amalga oshiriladi, deb xabar qildi Ryonxap agentligi ikki davlat harbiylari bayonotiga asosan.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, kelishuv Vashingtonda Janubiy Koreya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Li Son Nam va mamlakat mudofaa vaziri o‘rinbosari Yu Chje Sonning AQSh davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Kantrimen hamda mudofaa vaziri o‘rinbosari Devid Sher bilan uchrashuvi chog‘ida tasdiqlandi.
"Rasmiy shaxslar Shimoliy Koreyaning yadro va raketa tahdidiga javoban AQShning strategik mudofaa tizimlarini Koreya Respublikasi himoyasi uchun doimiy ravishda joylashtirish majburiyatini tasdiqladi", - deya bayonot so‘zlarini keltiradi agentlik.
AQSh Janubiy Koreyaga joriy yil boshida B-52 strategik bombardimonchi va ko‘rinmas-qiruvchi samolyotlarni jo‘natgandi. Bu KXDRning yadro sinovlariga javoban amalga oshirildi.
"AQSh 2016 yilda Koreya Respublikasiga mudofaa tizimini kuchaytirish choralari orqali o‘z majburiyat va qat'iyatini ko‘rsatib berdi", - deya ta'kidlanadi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan xalqaro bosim va qattiq sanksiyalarga qaramay o‘zining atom va raketa sohalaridagi dasturini to‘xtatishdan bosh tortmoqda.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston | 00:47
-
Microsoft aniq ob-havo bashoratlari uchun Aurora sun’iy intellekt modelini taqdim etdi
Fan-texnika | 00:16
-
Hamburg markaziy vokzalida ayol kishi pichoq bilan odamlarga hujum qildi. Kamida 12 kishi jarohat oldi
Jahon | 23:27 / 23.05.2025
-
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
Jamiyat | 23:09 / 23.05.2025
Mavzuga oid

00:47
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

21:45 / 23.05.2025
Tramp Yevropa Ittifoqiga 50 foizlik bojlar joriy etish rejasini e’lon qildi

20:03 / 23.05.2025
Rimda AQSh va Eron o‘rtasida yadroviy dastur bo‘yicha muzokaralar boshlandi

11:13 / 23.05.2025