Turkiya heç kimga Rossiya bilan munosabatlarini buzişga yöl qöymaydi, deb aytdi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan Istanbulda Bosfor körfazi orqali ötuvçi "Yevrosiyo" tunneli oçilişi marosimida.

19 dekabrda Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovga Anqarada körgazma oçilişi vaqtida suiqasd uyuştirildi. Tadbir davomida qotil diplomatning orqasidan bir neçta öq uzgan, jarohatlar oqibatida Karlov halok bölgan. Turk OAV ma'lum qilişiça, qotil 11 marta öq uzişga ulgurgan, ulardan 9 tasi Karlovga tekkan. Körgazmaga politsiyaçi guvohnomasini körsatib kirgan qotil maxsus kuçlar tomonidan öldirilgan. Rossiya taşqi işlar vazirligi hujumni terakt deb atagan. Rossiya Tergov qömitasi "Davlat himoyasidan foydalanuvçi, xorijiy davlat vakiliga hujum qiliş" va "odamning ölimiga olib kelgan xalqaro terrorçilik akti" moddalari bilan tergov işi qözğagan.

"Keça biz javobgar bölgan Rossiya vakiliga hujum uyuştirildi", deb aytgan Erdöğan. 

"Men Andrey Karlovning ölimidan xabar topganimda qançalik iztirob çekkanimni yana bir marta qaytarmoqçiman. U juda samimiy va yoqimtoy odam edi. Keçagi hujum oliy darajada fojialidir. Men buni qilganlarni lan'atlayman. Prezident Putinga, Rossiya xalqiga, Karlovning oilasiga çuqur hamdardligimni bildiraman. Keça Putin bilan muloqotda men bu oçiqça iğvo bölgani aytdim. Biz Rossiya bilan munosabatlarimizni buzişlariga hargiz yöl qöymaymiz", deb ta'kidlab ötdi Erdöğan. 

Erdöğan Turkiya xavfsizlik kuçlari batafsil tergov ötkazişlarini va aybdorlar jazolanişini aytdi. Şuningdek, elçining öldirilişi böyiça ikki tomonlama komissiya tuzilgan, u öz işini boşlab yuborgan.

"Rossiya bilan, birinçi navbatda Suriya böyiça, hamkorlik mustahkamlanmoqda, biz Moskva bilan özaro hamjihat bölmoqdamiz", deb aytdi Turkiya prezidenti.