Jahon | 00:26 / 21.12.2016
5003
2 daqiqa o‘qiladi

Kongoda norozilik namoyishida 9 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Kongo Demokratik Respublikasida mamlakat prezidenti lavozimini Jozef Kabila egallashiga qarshi norozilik namoyishidagi to‘qnashuvlarda 9 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda "Frans Press" axborot agentligi.  

"Kinshasada 9 kishi halok bo‘ldi, bundan ko‘p emas", deb aytgan hukumat vakili Lamber Mend. Avvalroq BMTning Kongodagi vaziyatni barqarorlashtirish missiyasi  (MONUSCO)  norozilik namoyishlarida 20 kishi o‘lgani haqidagi axborotni tekshirayotganini ma'lum qilgandi. 

Sentyabrda mamlakatda amaldagi prezidentga qarshi muxolifat tarafdorlarining namoyishlari boshlangandi. Muxolifatchilar prezidentni hokimiyat tepasida qolishga intilishda ayblagandilar va Kabila saylovlarni qoldirishi yoki konstitutsiyaga prezident muddatlari miqdoriga cheklovni bekor qiluvchi tuzatishlar kiritishidan xavotirlanishgan.  

Oktyabrda hukumat va muxolifat vakillari noyabrga belgilangan prezidentlik saylovlari kechroq muddatga ko‘chirilishi haqidagi kelishuvni tuzishgandi. Kelishuvga ko‘ra, prezidentlik saylovlari 2018 yil aprelda bo‘lib o‘tishi kerak.  

Radikal muxolifat prezidentning vakolati tugagan 19 dekabrda uning iste'foga ketishini talab qilgan. Aynan shu kundan norozilik namoyishlari o‘tmoqda, ular tartibsizliklarga aylanib ketmoqda. Huquq himoyachilari ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya va huquq-tartibot muassasalari namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zni achishtiruvchi gaz qo‘llashmoqda.  

 

Mavzuga oid