Germaniya prokuraturasi Berlindagi terakt ijroçisi sifatida qaralayotgan, kelib çiqişiga köra tunislik bölgan Anisa Amri haqidagi ma'lumot uçun 100 ming yevro miqdoridagi mukofot e'lon qildi. Bu haqda Spiegel Online xabar tarqatgan.
Uşbu yigit ayni vaqtda Germaniya böylab qidirilmoqda. Uni qidiriş işlariga Yevropol ham jalb etilgan.
Şuningdek, Germaniya hukumati Tunisga ham Amrining qarindoşlarini söroq qiliş böyiça murojaat etgan. Uning otasi öğli bilan 7 yildan buyon aloqada emasligini bildirgan.
Amri 1992 yilda Tunisda tuğilgan. U 2015 yilning iyulida Germaniyaga kelgan. 2016 yilning fevralida u huquq-tartibot organlari röyxatiga tuşgandi. Maxsus xizmatlar uning IŞID bilan aloqadorligidan gumon qilgan.
19 dekabr kuni Berlinda yuk maşinasi Rojdestvo yarmarkasida yiğilgan kişilar ustiga bostirib borişi orqali terakt sodir etildi va 12 kişi halok bölib, 50dan ortiq kişi jarohatlandi.

















