Hindiston boş vaziri Narendra Modi muxolif Hindiston milliy kongressi partiyasi vitse-prezidenti Raxul Gandining pora olgani böyiça ayblovlariga hazil bilan javob qaytardi.

Gandi boş vazirga qadrdon bölgan Gujarat ştatida taşkil etilgan partiya mitingida uni Hindistonning Sahara Group va Aditya Birla Group kompaniyalaridan 2013-2014 yillarda deyarli 400 million rupiy miqdorida pora olganida ayblagandi. Hukmron “Bxaratiya Janata Parti” partiyasida ularni inkor etişib, “boş vazir Ganga daryosi suvlari kabi toza” ekanini ma'lum qilganlar. Gandi dekabr boşlarida Modining “poraxörligi” haqida xabardor ekanini ma'lum qilib, bu haqdagi ma'lumotlarni oşkor etiş zilzila kabi ta'sir körsatişini aytgandi.

Boş vazirning özi esa bunga hazil bilan javob qaytardi.

“Ularda yoş yetakçi bor. U gapirişga örganmoqda. U gapirişni örganib olganida, men bundan juda ham xursand bölganman”, - deya Modining Varanasi şahridagi çiqişida aytgan sözlaridan iqtibos keltiradi Indian Express naşri. 

“Agarda u gapirmaganda, mamlakatda kuçli zilzila röy berişi aniq edi, biroq uning sözlaşi yaxşi holatdir, sababi endilikda biz yer silkinişi xavfi yöqligini bilamiz”, - deya qöşimça qildi Modi.

Şuningdek, yurist va siyosiy arbob Praşant Bxuşan ham bu boradagi öz ayblovlari Hindiston yuqori sudida körib çiqilişini talab qilmoqda. Biroq sud haligaça işni körib çiqiş uçun qabul qilib olmagan. U boş vazirga qöyilayotgan ayblovlarda aniq dalil-isbotlar bölişi tarafdori.