Jahon | 18:53 / 22.12.2016
8898
1 daqiqa o‘qiladi

Maxsus xizmatlar ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ma'lumotini tobora ko‘proq talab qilmoqda

Foto: Google image

Butun dunyodagi davlat mahkamalarining Facebook foydalanuvchilari ma'lumotlaridan foydalanish haqidagi rasmiy talabi miqdori 2016 yilning birinchi yarmida o‘tgan yilga qaraganda 27 foizga oshib, 59 229 ni tashkil etdi. Bu haqda kompaniya xabar bergan.

Ijtimoiy tarmoqqa ko‘proq AQSh maxsus xizmati murojaat qildi. Amerika davlat tuzilmalari so‘rovining 56 foizi foydalanuvchilarga ular bilan maxsus xizmatlar qiziqayotgani haqidagi ma'lumotni berishni taqiqlash bilan bog‘liq. Mahalliy qonunchilik buzilishi sabab axborot kontentiga kirishni cheklash birinchi yarim yillikda 83,3 foizga tushib ketdi.

Avvalroq, Google o‘tgan yilning ikkinchi yarim yilligida davlat organlaridan foydalanuvchilarning shaxsiy sahifalariga tegishli bo‘lgan 40 mingta so‘rov olishgani haqida ma'lum qilgandi.
 

Mavzuga oid