AQŞning saylangan prezidenti Donald Tramp milliarder Karl Ikanni boşqaruv islohotlariga doir masalalar böyiça prezidentning maxsus maslahatçisi lavozimiga taklif qildi. Bu haqda respublikaçi prezidentning ötiş ştabi ma'lum qilgan.
Bayonotda ta'kidlanişiça, uşbu lavozim hukumat işlarida rasman iştirok etişni nazarda tutmaydi. Şu bilan Ikan öz biznesini ham davom ettira oladi.
Öz navbatida Ikan Tramp taklifiga öz roziligini bildirgan.

«Men saylangan prezident Trampga boşqaruv tizimini isloh qiliş masalalari böyiça maxsus maslahatçi sifatida xizmat qilişdan faxrlanaman», — deb bayonot bergan Ikan.
Umuman, Ikan şu paytga qadar, Trampning avvalgi oylardagi işlarida norasmiy maslahatlar berib turgan. Ayni vaqtda, 80 yoşli milliarder Tramp qarorgohi bilan hamkorlik qilib, AQŞ Qimmatbaho qoğozlar va birjalar böyiça federal komissiya rahbarligiga nomzod qidirişda yordam bermoqda.
Ikan Icahn Enterprises xolding asosçisi va boş aksiyadori hisoblanadi. Uşbu xolding Amerikaning köplab kompaniyalarining aksiyalarini nazorat qiladi. Uning boyligi 15,5 mlrd dollar hisoblanadi.
Bundan avval, Donald Tramp milliarder va tadbirkor Vinsent Violani armiya vaziri lavozimiga taklif qilgan edi.
















