Isroil boş vaziri Binyamin Netanyaxu Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyevni Isroilga taşrif bilan kelişga taklif etdi. Bu haqda u Özbekiston Prezidentiga yöllagan qutlov maktubida ma'lum qilgan. Maktub matni ÖzA tomonidan taqdim etildi.
“Sizni Özbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylanganingiz bilan Isroil hukumati nomidan muborakbod etişga ijozat bergaysiz. Sizga mamlakatingizni taraqqiyot va farovonlik yölida yanada rivojlantirişda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman”, - deya ta'kidlab ötgan Netanyaxu.
“Isroil va Özbekiston örtasidagi aloqalar bundan buyon ham rivojlanişiga işonaman. Sizni özingizga qulay vaqtda Isroilga taşrif bilan kelişga taklif etaman. Taşrifingiz davomida Quddus şahrida Sizni qutlaş va mamlakatlarimiz örtasidagi döstlik munosabatlari hamda hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qiliş menga mamnuniyat bağişlaydi”, - deyiladi maktubda.

















