AQŞning yangi prezidenti Donald Tramp öz ma'muriyati qoşida Savdo böyiça milliy kengaşni taşkil etişga qaror qildi. U mazkur kengaş rahbarligiga iqtisodçi olim Piter Navarro nomzodini ilgari surdi, deb yozmoqda Financial Times gazetasi.
Ta'kidlanişiça, Navarro avvallari AQŞ hukumatining Xitoyga nisbatan munosabatlarini tanqid qilgan. U özining ilmiy faoliyati davomida bir neçta kitob yozgan. Ular orasida «Xitoydan ölim» va «Yaşirin yölbars» nomli kitoblar bor. Professor mazkur işlarida turli sohalar, şu jumladan harbiy va iqtisodiy yönalişlarda Xitoyga qarşi kuraş borasida fikrlarini ilgari surgan.
«Men Amerikaning savdodagi muammolari haqidagi Piter kitoblaridan birini öqib, unda keltirilgan fikrlar va dalillardan hayratlangan edim. U ajoyib tadqiqot ötkazgan», — deya bayonot bergan Tramp.
Aytiş joizki, Piter Navarro saylovoldi kampaniyasi çoğida Tramp jamoasi a'zosi bölgan. U savdo vaziri lavozimiga ilgari surilgan 79 yoşli milliarder Uilbur Ross bilan birgalikda Trampning iqtisodiy dasturini yozgan.

















