British Airways bortkuzatuvchilari ish tashlashni bekor qilishga rozi bo‘lishdi
British Airways bortkuzatuvchilari Rojdestvo bayrami arafasida rejalashtirilgan ommaviy ish tashlashni bekor qilishga rozi bo‘lishdi. Bu haqda Britaniyaning Unite kasaba uyushmasi ma'lum qildi.
Kasaba uyushma bosh kotibi Len Makklaski bu qarorga nima xizmat qilganini aytdi.
"Bizda aviakompaniyadan yangi taklif bor, biz uni a'zolarimizga jo‘natamiz. Rojdestvo va Sovg‘alar kuniga (25 va 26 dekabr) rejalashtirilgan ikki kunlik ish tashlash bekor qilindi. Bizning a'zolarga British Airways muammoni yengish uchun yetarlicha ish qilganini hal qilishiga to‘g‘ri keladi", deb aytdi Makklaski.
Avvalroq British Airways bortkuzatuvchilari Rojdestvo arafasida ish tashlashni o‘tkazishlari ma'lum qilingandi. Noroziliklarga "faqirona" maoshlar va ish beruvchi tomondan o‘z va'dalarining bajarilmasligi sabab deb aytilgandi.
Mavzuga oid
15:37 / 13.12.2021
Rojdestvo mojarosi. Jonsonning reytingi qulamoqda
21:13 / 19.03.2021
British Airways Londondagi bosh qarorgohini sotish haqida o‘ylamoqda
22:11 / 12.10.2020
Dunyodagi eng yirik aviakompaniyalardan birining rahbari iste'foga chiqdi
17:01 / 17.07.2020