Deutsche Bank va AQŞ adliya vazirligi kelişuvga erişişdi. Unga köra, bank vazirlikning qimmatli qoğozlar bozoridagi hiylalar borasida kiritgan da'vo arizasiga köra 3,1 milliard dollar miqdorida jarima tölab beradi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Bundan taşqari, kelişuv bankning amerikalik mijozlari zararlarini qoplaş uçun 4,1 milliard dollar miqdorida mablağ ham taqdim etadi.

Ma'lumotlarga köra, Deutsche Bank jahon moliyaviy inqirozi vaqtida boşqa yirik banklar kabi, qimmatli qoğozlar böyiça xavflar bahosini kamaytirgan. Ular esa oxir-oqibat AQŞ hukumati bilan yaqin aloqada bölgan Fannie Mae va Freddie Mac ipoteka kompaniyalariga sotib yuborilgan.