AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning oila a'zolariga xizmat körsatuvçi Deutsche Bank va Signature Bank banklari u bilan hamkorlikni töxtatişga qaror qildi. Bu haqda öz manbalariga tayanib Bloomberg xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, Deutsche Bank Tramp va uning kompaniyasi bilan har qanday tadbirkorlik aloqalarini töxtatişga qaror qilgan. Şu bilan birga, AQŞ prezidentining Germaniya bankidan 300 mln dollardan ortiqroq qarzi bor.

Öz navbatida, ança vaqtdan buyon Tramp oilasiga xizmat körsatuvçi Nyu-Yorkdagi Signature Bank prezidentning 5,3 mln dollarga yaqin mablaği saqlanayotgan ikkita şaxsiy hisobraqamini yopmoqda.

Signature Bank rasmiy bayonotida Trampni "mamlakat va xalq manfaatlari uçun" iste'foga çiqişga çaqirgan.

Signature Bank AQŞ prezidenti va uning oilasi qizi Ivanka Tramp hamda kuyovi Jared Kuşnerning asosiy banki edi. şuningdek, Trampning advokati Maykl Koen ham uşbu bank xizmatidan foydalanib kelgan.