Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ebola virusiga qarshi vaksina sinovlari muvaffaqiyatli tugadi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) 23 dekabr, juma kuni Ebola virusiga qarshi vaksinaning tajriba sinovlari tugaganligi to‘g‘risida e'lon qildi. Aytish joizki, sinov natijalari 100 foizli samarani namoyon etdi. Bu haqida tashkilotning rasmiy saytida xabar berildi.
"Ishonchli natijalar G‘arbiy Afrikadagi epidemiya qurbonlari hayotini saqlab qolishda yordam bera olmasa-da, ular virusning keyingi avj olishida himoyalangan bo‘lishimizdan dalolat beradi", - deya JSST rahbar o‘rinbosari Mari-Pol Kiyenining so‘zlari keltiriladi matbuot relizida.
rVSV-ZEBOV nomi ostidagi vaksina sinovi 2015 yilda Gvineya Respublikasida o‘tkazildi. Unda 11 ming nafardan ortiq kishi qatnashdi. 5 837 nafar ishtirokchidan birortasi ham vaksinalangan kunidan boshlab 10 kun ichida virusni yuqtirmadi. Vaktsinalanmagan kishilar orasidan 23 nafarida Ebola virusi qayd etildi.
Matbuot reliziga ko‘ra, vaksina ishlab chiqaruvchisi - MSD farmatsevtik kompaniyasi.
JSST ma'lumotlariga ko‘ra, 2014-2015 yillarda G‘arbiy Afrika mamlakatlarida qayd etilgan Ebola bezgagiga chalinganlar soni 11 mingdan oshdi. O‘lim bilan tugagan holatlar Liberiya, Serra-Leone va Gvineyaga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
08:40
JSST Markaziy Osiyoni jazirama xavfidan ogohlantirdi
18:06 / 08.07.2026
Yevropa va Markaziy Osiyoda jazirama issiqning yangi to‘lqinlari kutilmoqda - JSST
18:29 / 03.07.2026
JSST hantavirus epidemiyasi tugaganini e’lon qildi
18:37 / 29.06.2026