Eron Islom respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy Qirğizistonga rasmiy taşrif bilan keldi. Uni Bişkekdagi aeroportda Almazbek Atambayev kutib olgan.

23 dekabr kuni Qirğiziston rahbari Almazbek Atambayev va Eron prezidenti örtasida tor va keng doiralarda uçraşuvlar ötkaziladi.

«Davlat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy miqyosdagi dolzarb masalalarni muhokama etişadi. Şuningdek, uçraşuvda Eron va Qirğizistonning özaro hamkorligi masalalari xususida gaplaşiladi. Taşrif davomida qöşma hujjatlar imzolanişi kutilmoqda. Taşrif yakunida ikki siyosatçi matbuot uçun bayonot bilan çiqadi. Bundan taşqari, Eron prezidenti Qirğiziston Respublikasi Sooronbay Jeenbekov bilan uçraşib, Qirğiziston-Eron biznes-forumida iştirok etadi», deyilgan xabarda.

Eslatib ötamiz, Almazbek Atambayev 24 dekabr kuni Özbekistonga keladi.

Kun avvalida Qirğiziston prezidenti devoni rahbari örinbosari, taşqi siyosat bölimi mudiri Sapar Isakov Atambayev Samarqandga borib, Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilişi va uning xotirasiga hurmat bajo keltirişi haqida ma'lum qilgandi. Atambayev Samarqandda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan tor va keng doiradagi muzokaralar ötkazişi aytilgan.