Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin: Rossiya – istalgan agressordan kuchliroq
Rossiya barcha ehtimoliy tajovuzkor kuchlardan kuchliroq. Bu haqda mamlakat prezidenti Vladimir Putin juma kuni tashkil etilgan katta matbuot anjumanida xabar qildi, deya yozadi «Lenta.ru».
«Hech kim AQShda – eng kuchli Harbiy kuchlar borligi haqida gapirmadi. Rossiya – istalgan agressordan kuchliroq», - deya aytib o‘tdi davlat rahbari The Wall Street Journal jurnalisti savoliga javob berarkan.
Avvalroq, AQSh davlat departamenti rasmiy vakili Jon Kirbi bu fikrga qo‘shilmasligi haqida ma'lum qilgandi. «O‘ylashimcha, Qo‘shma Shtatlar Harbiy kuchlaridagi professionallik, bilim va imkoniyatlar borasida umuman bahs qilish yarashmaydi», - deya ta'kidlab o‘tdi u.
Putin 22 dekabr kuni Mudofaa vazirligi kollegiyasining kengaytirilgan yig‘ilishida Rossiyaning harbiy ustunligi haqida ma'lum qilgandi. Uning ta'kidlashicha, mamlakat armiya va flotni modernizatsiya qilish, qo‘shinlarni tayyorlashdagi ishlarni jadallik bilan olib borishi kerak. Aks holda, uning so‘zlariga ko‘ra, «vaziyat dunyoda sodir bo‘layotgan hodisalarni hisobga olgan holda tezkorlik bilan o‘zgarishi mumkin».
Mavzuga oid
22:14 / 08.07.2026
«Bu Putinga aniq ishora» - NATO yangi raketa tizimi uchun 50 mlrd dollar ajratadi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
18:43 / 08.07.2026
Rossiyada chet el fuqarolarining yashashi qoidalarini kuchaytiradigan qonun qabul qilindi
10:10 / 08.07.2026