Yetti yoşli suriyalik qizaloq Bana al-Obodning AA muxbiriga bergan intervyusida hammasidan ham köproq ölimdan qörqqani haqida ma'lum qildi. U Turkiya prezidenti Rejyep Toyyib Erdöğan bilan Anqaradagi prezident majmuasida uçraşgan söng Twitter ijtimoiy tarmoğida qoldirgan izohlari sabab maşhur bölib ketdi.
Bananing sözlariga köra, ularning Halabning şarqiy tumanida joylaşgan uyi bombalar sabab vayronaga aylangan.
«Bombalar deyarli har bir daqiqada taşlanardi. Hammasidan ham köproq ölimdan qörqqanman. Hattoki tuşimda ham ölib qolganimni körgandim», - deb eslaydi suriyalik qizaloq.
«Xavfsiz joyga köçirişlarini kutiş jarayonida onamiz bizga ehtiyot bölişimizni uqtirdi. Men böyinboğ kiyib, berkinib oldim. Meni heç kim topa olmadi», - degan qizça.
Uning sözlariga köra, oilasi faqatgina guruç va makaronlar bilan kun keçirişga majbur bölgan.
«Men esa har doim mevalarni xohlardim», - deya tan oldi Bana.
Uning aytişiga köra, Turkiya prezidenti oila a'zolarini qabul qilganidan juda ham xursand bölgan va barça turk xalqiga iştiroki uçun minnatdorçilik bildirdi.
Şu bilan bir qatorda, u vataniga qaytişni istayotganini ham yaşirmagan.
«Men Halabga qaytişni, u yerda maktabga qatnaşni xohlayman. Katta bölganimda öqituvçi bölişni orzu qilaman. Biroq Halabda maktablarning özi qolmadi», - deydi Bana.
Ma'lumot uçun, Halab şarqidagi Kotirji mavzesida onasi bilan birga yaşagan qizaloq uç oy avval Twitter’da blog yuritişni boşladi. Unda esa jahon hamjamiyatini şaharda qon tökilişini töxtatişga çaqirdi.
Qizçaning onasi Fotima esa uçinçi dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali Turkiya taşqi işlar vaziri Mevlud Çavuşöğliga murojaat qilib, Halab aholisiga yordam berişni söradi. Vazir esa öz örnida Turkiya buning uçun qölidan kelgan barça işni amalga oşirişini va'da qilgan.

















