Toşkent şahri hokimi Rahmonbek Usmonov Olmaota hokimi Baurjan Baybek bilan uçraşuv ötkazdi. Bu haqda Olmaota şahri hokimiyati matbuot xizmati xabar bergan. Toşkent şahri hokimiyati saytida esa bu uçraşuv haqida ma'lumot yöq.

Toşkentda bölib ötgan uçraşuv çoğida tomonlar savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamalaş masalalarini muhokama etgan.

Baurjan Baybek şu yilning 10 oyida Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi tovar aylanmasi hajmi ötgan yilning şu davridagi körsatkiçlarga nisbatan 62 foizga ösib, 200 mln dollarga ösganini qayd etib ötdi. U Olmaotada 129ta qöşma va 236ta özbek korxonasi faoliyat olib borayotganini qöşimça qilib ötgan.

Toşkent va Olmaota hokimlari uçraşuvida kiçik va örta biznesni, şuningdek, aholi uçun turarjoylar quriş hamda turizm sohasini rivojlantiriş masalalari muhokama qilingan.