Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovning ölimidan söng turk huquq-tartibot organlari qotilning smartfonini blokdan yeçişda yordam sörab, Apple kompaniyasiga murojaat qilişdi. MacReports şu haqida xabar berdi. 

Jinoyatçining şaxsiy buyumlari orasidan iPhone 4S qurilmasi topilgan. Manbaga köra, Turkiya hukumati Apple'ga devaysni blokdan yeçişni sörab murojaat qilgan. 

Biroz avval Turkiyaga axborot xavfsizligi sohasidagi rossiyalik mutaxassislar yöl olganligi töğrisida xabar tarqalgandi, biroq bu ma'lumot öz tasdiğini topmadi. 

Rossiyadagi Apple idorasi bu borada heç qanday izoh bermagaç, manba kompaniyaning Kupertinodagi ştab-kvartirasiga bu borada sörov yöllangan. 

Şuni ta'kidlaş joizki, Apple davlat idoralariga rad javobini bergan. Joriy yilning yozida San-Bernardinodagi otişmadan keyin Amerika hukumati "olma" korporatsiyasidan jinoyatçilardan birining iPhone'ini buzib kirişni talab qilgan edi. Öşanda Apple öz qarorini kompaniya mutaxassislari tomonidan aniqlangan har qanday kamçilik begona qöllarga ötişi mumkinligi bilan izohlangandi. Natijada FQB boşqa mutaxassislardan yordam söraşiga töğri kelgan. 

Hozirga kelib, Anqara prokuraturasi xodimlari jinoyatçining smartfonidagi ma'lumotlarni örganib, uning tanişlari orasida ByLock dasturidan foydalangan kişilar borligini aniqlaşdi. Ma'lum bölişiça, Gulen taşkilotining a'zolari aynan şu dastur orqali şifrlangan xabarlar bilan almaşişgan. 

Bundan avval Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan qotilni Gulenning odami ekanini aytgandi, muxolifatning özi esa Karlovning ölimiga aloqadorlikka doir ayblovni inkor etgan. 

19 dekabr kuni Anqara şahrida bölib ötayotgan körgazma vaqtida Rossiyaning Turkiyadagi elçisi Andrey Karlovga qarata öq uzilgan.