Barçasi Milanda 23 dekabrda otib öldirilgan terrorçi Anis Amri Berlinda yuk maşinasi yordamida sodir etilgan terakt ijroçisi ekanligiga işora qilmoqda, deb aytdi Germaniya kansleri Angela Merkel Berlinda jurnalistlarga.
19 dekabrdagi terakt oqibatida 12 kişi halok bölgandi.
"Barçasi Anis Amri duşanba kuni keçki payt Braytşaydplats maydonidagi Rojdestvo bozorida 12 kişini öldirgan va köplab odamlarga dahşatli jarohatlar yetkazgan terrorçi ekanligiga işora qilmoqda", deb aytdi Merkel.
Merkel Germaniya hukumatiga teraktdan xulosa çiqarib, qonunçilikka tegişli özgartirişlar tayyorlaşni buyurdi.
"Men içki işlar va adliya vazirliklariga kansler, federal yerlar boşqarmasi va maxsus xizmatlardagi hamkasblari bilan bu hodisaning har bir jihatini tahlil qilib, natijalarni taqdim qilişga körsatma berdim. Qonunçilik va xavfsizlik çoralariga özgartiriş kiritişga ehtiyoj bölgan joylarda biz zarur qadalarni qabul qilamiz va tatbiq qilamiz", deb ta'kidlab ötdi kansler.
Merkel Berlindagi teraktning ehtimoliy iştirokçilarini javobgarlikka tortişga va'da berdi.
"Gumonlanuvçining ölimi bilan bu jinoyat tergovi töxtatilmaydi", deb aytdi Merkel.
Merkel Berlinda jinoiy işlar boşqarmasi xodimlari bilan uçraşganini aytdi. "Men bilaman, ular Amrining jinoyati haqida bilganlarni, uni, ehtimol, qöllab-quvvatlaganlar va hattoki xomiylik qilganlarni aniqlamagunlariça tinçimaydilar. Agar boşqa aybdorlar yoki iştirokçilar bölsa, biz ularni javobgarlikka tortamiz", deb ta'kidlab ötdi Merkel.

















