23 dekabr kuni Xalq deputatlari Samarqand viloyati kengaşining navbatdan taşqari sessiyasi bölib ötdi.
Unda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev ham iştirok etdi.
Sessiyada taşkiliy masala körildi. Kun.uz manbasining ma'lumotiga köra, Oqbötayev Himmat Qöçqoroviç viloyatning yangi rahbari etib tayinlangan.

U şu vaqtgaça Samarqand viloyati hokimining ma'muriy masalalar, huquqni muhofaza qiliş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş, özini özi boşqariş organlari va yoşlar siyosati böyiça birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgandi.
Oqbötayev Himmat Qöçqoroviç 1962 yil 1 fevralda, Samarqand viloyati, Urgut tumanida tuğilgan. Ma'lumoti – oliy.
U mehnat faoliyatini 1979 yilda Urgut tumanida jamoa xöjaligi a'zosi sifatida boşlagan. Harbiy xizmatni ötagandan söng, 1983-1988 yillarda Toşkent davlat universitetida tahsil olgan. 1988-1991 yillarda Urgut tumanidagi jamoa xöjaligida huquqşunos, 1991-1992 yillarda Navoiy viloyati Xatirçi tumani prokuraturasi iş örganuvçisi, 1992-1993 yillarda Navoiy tumani prokurori katta yordamçisi, 1993-1994 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi içki işlar idoralarida tergov va suriştiruv ustidan nazorat bölimi katta prokurori, 1994-1996 yillarda Navoiy şahar prokurori örinbosari, 1996-1999 yillarda Navoiy tumani prokurori, 1999-2000 yillarda Navoiy viloyati prokuraturasi iqtisodiy jinoyatlar va korrupsiyaga qarşi kuraşiş bölimi katta tergovçisi, 2000-2002 yillarda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi prokuratura organlarida tergovni nazorat qiliş boşqarmasi prokurori, katta prokurori, 2002-2003 yillarda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Içki işlar vazirligi idoralarida tergov va suriştiruv ustidan nazorat boşqarmasi boşliği örinbosari, 2003-2004 yillarda Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Içki işlar vazirligi organlarida qonunlar ijrosi ustidan nazorat boşqarmasi boşliği, 2004-2006 yillarda Navoiy viloyati prokurori örinbosari vazifalarida işlagan.
2006-2016 yillarda Samarqand viloyati Urgut tumani hokimi lavozimida mehnat qilgan.
Eslatib ötamiz, viloyatning avvalgi hokimi Mirzayev Zoyir Toiroviç Qişloq va suv xöjaligi vazirligi rahbari etib tayinlangandi.


















