Qora dengiz ustida qulab tuşgan Su-154 samolyoti bortida bölgan Aleksandrov ansambli Hmeymimdagi rossiyalik harbiy xizmatçilar uçun emas, yaqindagina ozod etilgan Halab şahrida konsert berişi rejalaştirilgandi. Bu ma'lumot ansamblning Moskvadagi vakillariga asoslangan holda «Meduza» naşri tomonidan tarqatildi.

Bundan oldingi xabarlarda ansambl Yangi yil bayrami munosabati bilan Rossiyaning Suriyadagi Hmeymim aviabazasidagi rus harbiylarini tabriklab, konsert uyuştirişi közda tutilgan bölgani haqida aytilgandi.

Rossiya Mudofaa vazirligiga tegişli Tu-154 rusumli harbiy-transport samolyoti 25 dekabr tongida Moskvadan uçib, Soçida yonilği töldiriş uçun töxtab, soat 5:20da parvozni davom ettirganidan söng radarlardan yöqoldi. Köp ötmasdan samolyot Qora dengizga qulagani ma'lum böldi. Samolyot bortida 92 kişi bölgan va ularning heç biri omon qolmagan.

Yölovçilarning aksariyati Aleksandrov nomidagi aşula va raqs ansambli a'zolari bölgan. Bortda, şuningdek, Rossiya «Birinçi kanali», «NTV» va «Zvezda» telekanallarining tasvirga oliş guruhlari ham bölgan. 

Samolyotda «Adolatli yordam» jamğarmasi ijroçi direktori Yelizaveta Glinka (Doktor Liza) ham bor edi.