Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev Özbekistonga amaliy taşrifi davomida Özbekiston Respublikasi Birinçi Prezidenti Islom Karimovning dafn marosimiga kela olmagani sababini tuşuntirib berdi.
«Islom Abduğaniyeviç bilan deyarli beş yil davomida muloqotda böldik, işladik. Toşkentda iyunda bölib ötgan uçraşuvda u biz endilikda barça masalalarni hal qilişimiz kerakligi haqida gapirdi. Öşanda Islom Karimov Bişkekka sentabrda MDH sammitida iştirok etiş uçun kelişga va'da bergandi. Biroq bu röy bermadi», - dedi Almazbek Atamboyev.
«Dafn kuni Qirğizistonda katta xalqaro tadbir (köçmançilar Jahon öyinlari) ötkazildi. Şu sababdan men kela olmadim. Keçikib bölsa ham duo qildik», - ta'kidlab ötdi Qirğiziston yetakçisi.



















