24 dekabr kuni Qirğiz Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev Özbekiston Respublikasiga amaliy taşrif bilan keldi.


Almazbek Atamboyev Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan Islom Karimov xotirasini yod etişdi. Ikki davlat rahbarlari Özbekiston Prezidenti qabri poyiga guldastalar qöyişdi.




Söngra ikki davlat rahbarlari Jomboy tumanidagi «Man Auto-Uzbekistan» zavodiga taşrif buyurişdi va u yerda özbek-german qöşma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanişib, uşbu zavodda işlab çiqarilayotgan texnika namunalarini körişdi.






























