Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti yölovçilaridan birining jasadi Qora dengiz hududida topildi.
"Soçi qirğoqlaridan 6 kilometr içkarida Tu-154 samolyoti qulaşi tufayli qurbon bölgan yölovçilarning biri jasadi topildi. Jasad qutqaruv kemasiga olib çiqilgan", — deya ma'lumot bergan Mudofaa vazirligi matbuot xizmati rahbari general-mayor Igor Konaşenkov.
Adler aeroportidan uçib çiqqan samolyot bortida Rossiya havo-kosmik kuçlarining Suriyadagi Xmeymim aviabazasida xizmat ötayotgan aviaguruhni Yangi Yil bilan tabriklaşga yöl olgan Aleksandrov nomli ansambl musiqaçilari, harbiy xizmatçilar va 9 nafar jurnalist bor edi.
Samolyot radarlardan ğoyib bölganidan bir muddat ötib Soçi qirğoğidan 1,5 kilometr içkarida, Qora dengizda 50–70 metr suv ostida samolyot korpusining bölaklari topildi.
Tergov qömitasi vakili Svetlana Petrenkoning ma'lum qilişiça, samolyot bortida 83 yölovçi va sakkiz nafar ekipaj a'zosi bölgan. Halokat joyida qidiruv-qutqaruv operatsiyasi ötkazilmoqda, unda mudofaa vazirligi favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlik qilmoqda.

















