Rossiya Mudofaa vazirligining Soçidan uçgaç aviadispetçerlar bilan aloqaga çiqmagan Tu-154 samolyoti böyiça navbatdagi tafsilotlar ma'lum qilinmoqda.
"Interfaks" agentligi xabariga köra, samolyot Soçidan Moskva vaqti bilan soat 5:20da parvozga çiqqan va 20 daqiqadan keyin radarlardan yöqolgan. Uning bortida harbiylar bölgani taxmin qilinmoqda. Laynerni qidiriş işlari boşlangan.
RIA "Novosti" agentligi aniqlik kiritişiça, layner avvaliga Moskva yaqinidagi "Çkalovskiy" aerodromidan havoga kötarilgan, Soçida esa yoqilği töldirilgan.
"Interfaks"ning aniqlik kiritişiça, samolyot bortida avval aytilganidek, 70 kişi emas, 83 yölovçi va ekipajning 8 a'zosi bölgan.
RF Mudofaa vazirligi Tu-154 radarlardan yöqolganini tasdiqladi. Laynerni qidiriş işlariga Krasnodar ölkasi va qöşni hududlardagi barça qutqaruv xizmatlari jalb etildi.

















