Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Qora dengizda qulab tuşgani böyiça jinoiy iş oçildi. Bu haqda Rossiya Tergov qömitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenko "Interfaks" agentligiga xabar berdi.
Aniqlik kiritilişiça, RF Jinoyat Kodeksining 351 moddasi böyiça (parvoz qoidalarini buziş, oğir oqibatlarga olib keluvçi holatlar) jinoiy iş qözğatilgan.
U ayni vaqtda hujjatlar tayyorlanayotgani haqida qöşimça qilgan. Şuningdek, samolyoti yoqilği quyiş uçun qöngan Soçi aeroporti rahbariyati va xodimlari söroq qilinmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligining TU-154 samolyoti Soçidan bugun, mahalliy vaqt bilan soat 5:20da parvozga çiqib, 20 daqiqadan keyin radarlardan yöqoldi. Uning bortida 92 kişi bölgan: 9 jurnalist, Aleksandrov ansambli qöşiqçilari va sozandalari hamda ekipajning 8 a'zosi. Artistlar Suriyaga, "Xmeymim" aviabazasidagi harbiylarga Yangi yil konserti uyuştiriş uçun ketayotgandi. Samolyot Qora dengiz qirğoqlaridan uzoqlaşmasdan qulagan.

















