Rossiya Mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Krasnodar ölkasidagi toğlar ustida qulagan. Bu haqda RIA Novosti harbiy manbasiga asoslanib xabar berdi.
«Dastlabki ma'lumotlarga köra, Moskvadan uçib, Soçida yoqilği quyiş uçun töxtab ötgan Tu-154 samolyoti Rossiya hududidan çiqib ketmagan. U Krasnodar ölkasidagi toğlarga qulagan bölişi mumkin», — degan manba.
Samolyot Soçidan Moskva vaqti bilan soat 5:20da Suriyaning Lataqiya şahriga yöl olgan va 20 daqiqadan keyin radarlardan yöqolgan.
Uning bortida dastlab 70 harbiy bölgani aytilgandi. Keyinroq, samolyotda jami 91 kişi bölgani ma'lum qilindi. Ular ekipajning 8 a'zosi hamda asosiy qismi musiqaçilar va jurnalistlardan iborat yölovçilar.

















