Yana bir neça kundan söng 2016 yil ham tarix zarvaraqlariga yoziladi. Va uşbu qisqa davr mobaynida, hayot öşa-öşa, Quyoş tizimi, galaktikamiz va umuman, butun Borliq-Koinot özgarmagandek. Insoniyat Quyoş atrofida yana bir marta töliq aylanib çiqdi va 4,5 mlrd martaga yana bir yil qöşildi. Şu bilan birga, biz Koinotda har yili böladigan yirik hodisalar, xususan:

 

kometalar uçişi;
meteoritlar yomğiri gözalligi;
yaqin yulduz jilosi;
öta yangi yulduzlarni kuzata oldik. Ammo, bularning barçasi eng közga taşlangan özgarişlardir. 

Ma'lumki, bizning nazdimizda, bir yil uzoq davrdek tuyuladi. Inson hayoti nuqtainazardan 365 kun davomida juda köp narsa yuz berişi mumkin. Biroq,13,8 mlrd yoş deb hisoblanadigan Koinot bilan qiyoslaganda bir yil bu bir lahzadek gap. Haqiqatdan ham, agar inson hayotini Koinot yoşiga taqqoslaganimizda, bu insonning 0,2 soniyalik umrini anglatgan bölar edi. 

Şunday qilib, ötib borayotgan yilda Yerning aylanişi sekinlaşdi. Garçi bu insoniyatga sezilmagan bölsa-da, şunday. Yer ötgan yilgiga qaraganda 4 nanosoniya sekinroq Quyoş atrofini aylanib çiqadi. Bu yana 4 mlrd yildan söng, kabisa yillardan voz keçişga olib keladi. 

Bu yilgi Oy ham ötgan yilgiga qaraganda bizdan nisbatan uzoqroqda joylaşgan. Bunga sabab burçak lahzasini Saqlaş qonunidir. Yer — Oy tizimi: ular öz öqlari atrofida aylanadi, şu bilan birga Oy Yer atrofida ham aylanadi. Yer aylanişi sekinlaşar ekan, nima bilandir bu yöqotişni, ya'ni ikki aylanişlaridagi nomutanosiblikni tenglaştiriş lozim böladi. Oy tizimni saqlab qoliş uçun Yerdan uzoqlaşadi. Bir yillik davrda buni lazerli masofa ölçagiç bilan ham sezmaslik mumkin, ammo, oradan 650 mln yillar ötgaç, töliq quyoş tutilişi degan narsa boşqa röy bermaydi. Çunki, Oy Quyoşni butunlay tösib qöyiş darajasida Yerga yaqin bölmaydi. 

Yer sathiga nurini beminnat soçuvçi Quyoş ham bir yil avvalgiga qaraganda issiqroq jismga aylandi. Ammo, bu örtaça ma'noda. Çunki, Quyoş özgarişi umumiy iqlim isişidan kattaroqdir. Şunga qaramay, Quyoş yorqinligi bir yilda 0,0000000005 foizga özgarişi sabab, buning bevosita sezilişi uçun katta muddat talab qilinadi. Quyoş materiyani energiyaga aylantirar ekan, Eynşteynning E = mc2 formulasida binoan yiliga taxminan 1017 kg vazn yöqotadi. Quyoş köproq yoqilğini yoqar ekan, yanada isiydi, şu sababli köproq yoqilğini yoqadi. Bu esa, energiyaning umumiy körsatkiçi oşişiga olib keladi. Şunday qilib, yana 2 mlrd yildan keyin Quyoş Yerning butun okeanlarini buğlatib yuboradigan darajada qizib ketadi va sayyoradagi bizga ma'lum hayot yöq böladi.