Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyevning Özbekistonga qilgan işçi taşrifi davomida tomonlar çegaralar delimitatsiyasi masalasini muhokama qilişdi. Bu haqida Qirğiziston prezident apparatining taşqi siyosat bölimi rahbari Sapar Isoqov bergan ma'lumotlarga asoslanib, 24.kg saytida xabar berildi.
"Bugungi kunga kelib, tomonlar çegara umumiy hududining taxminan 70 foizini körib çiqişdi. Ikki davlat rahbari boş vazir örinbosarlariga yanvar oyi örtalariga qadar bu masaladagi mavjud muammolarni işlab çiqiş töğrisida topşiriq berdi. Ular bu masala bilan töliq şuğullanişadi", - dedi Isoqov.
"Taşrif doirasida davlat rahbarlaridan bir oy davomida işlab çiqişimiz zarur bölgan aniq topşiriqlarni oldik. Biz ularni amalga oşiriş maqsadida kunu tun işlaymiz", - deya ta'kidladi taşqi siyosat bölimi rahbari.
Qirğiziston prezidenti Almazbek Atamboyev 24 dekabr kuni işçi taşrif bilan Samarqandda böldi. U Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi va mamlakat rahbari Şavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar ötkazdi.

















