Belorussiya prezidentining kiçik öğli Kolya Lukaşenko özining kelajakdagi rejalari bilan örtoqlaşdi, deb xabar beradi RIA Novosti.
«Rostini aytsam, mening prezident böliş niyatim yöq», - deya aytib ötgan 12 yoşli maktab öquvçisi mahalliy televideniyega bergan intervyusi vaqtida. Uning aniqlaştirişiça, ayni damda şifokor yoki harbiy böliş haqida öylamoqda.
Aleksandr Lukaşenko sentabrda nima uçun uning kiçik öğli omma oldida kam köriniş berayotganiga izoh bergandi. Uning sözlariga köra, Kolya köproq maktabdagi ta'limga e'tibor qaratgan. Şu bilan bir qatorda, belorussiya yetakçisining ta'kidlaşiça, bolada davlat rahbari böliş niyati yöq.
Ma'lumot uçun, Belorussiya prezidenti sönggi yillarda deyarli barça rasmiy tadbirlarda Kolya bilan birga paydo bölmoqda. Bola Vladimir Putin, Viktor Yuşçenko, Dmitriy Medvedev, Barak Obama bilan uçraşgan. Şuningdek, u MDH sammitlari, BMT Boş assambleyasi, Pekin va Soçidagi Olimpiadalarda ham qatnaşgan.

















