Jahon | 09:46 / 26.12.2016
7268
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon: AQSh va Yaponiya Okinavadagi baza bo‘yicha kelishuvga erishdi

© AFP 2016/ Yoshikazu Tsuno

AQSh va Yaponiya mudofaa vazirliklari Okinavada AQSh harbiy bazasining faoliyati masalasi bo‘yicha kelishuvga erishdilar, deb ma'lum qildi Pentagon rahbari Eshton Karter.

"AQSh va Yaponiya muzokarachilari AQSh qurolli kuchlarining Yaponiyadagi fuqarolik xizmatchilari miqdorini belgilovchi kelishuvga erishdilar", deb aytildi Karter bayonotida.     

Karter kelishuvning yakuniy rasmiylashtirilishi yaqin orada bo‘lishi kutilayotganini qo‘shimcha qildi.

"Shimoliy mashg‘ulot tumanidagi yerning qisman qaytarilishi va Okinavada Futenma obekti qurilishi zudlik bilan tiklanishi bo‘yicha yangi choralar bizning Yaponiya hukumati bilan amerika-yapon ittifoqini mustahkamlashdagi yaqindan hamkorligimizni namoyish qiladi", deb aytdi Karter. 

Karter bayonotida amerikalik harbiylar maqomiga taalluqli masalalar eslab o‘tilmagan. Biroq oxirgi vaqtda ikki davlat harbiylari muzokaralarda aynan shu masalaga to‘xtalib o‘tgandilar.

Yaponiyada AQSh harbiylarining maqomi bo‘yichi kelishuv 1960 yilda imzolangan. Okinavada AQShning Yaponiyadagi barcha bazalarining 75 foizi mujassamlashgan va kelishuv harbiy bazalardagi amerikaliklarni himoya qilishgagina qaratilgan. Yaponiya prokuraturasi amerikalik harbiylarga ular tomondan harbiy xizmat o‘talayotgan vaqtda amalga oshirgan harakatlari uchun ayblov qo‘ya olmaydi. 

Okinava jamoatchiligi ma'lumotlariga ko‘ra, amerikalik harbiylar bu orollarda ular Yaponiyaga 1972 yilda topshirilgandan keyin 5,8 mingdan ko‘proq jinoyat sodir etganlar. Bu jinoyatlardan 571 tasi "o‘ta og‘ir jinoyatlar" toifasiga kiradi.
 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid