Kuç tuzilmalaridagi manba Rossiya mudofaa vazirligining Tu-154 samolyoti Soçi yaqinida halokatga uçraşida terakt versiyasi deyarli istisno qilinadi, deb aytdi. Bu haqda "Interfaks" axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Samolyot harbiy maqsaddagi, yaxşi qöriqlanadigan obekt hisoblanuvçi "Çkalovskiy" aerodromidan havoga kötarilgan. U yerga samolyotga portlovçi qurilma qöyiş uçun yaşirinça kirişning iloji yöq", deb aytdi manba.

Uning aytişiça, Soçi aeroporti ham kuçaytirilgan tartibda qöriqlanadi va u yerga ham begona şaxslarning kirişi istisno qilinmoqda. 

Şoşilinç xizmatlardagi manba samolyotning falokatga uçraşida uning qoldiqlarining katta hududga soçilib ketişiga izoh berib, bu samolyotning suv sirti bilan töqnaşişida hosil bölgan gidrozarba oqibatida yuz bergan bölişi mumkinligini aytdi. 

Avvalroq Rossiya Federal xavfsizlik xizmati samolyotning halokatga uçraşiga terakt sabab bölişi mumkinligini tekşirayotgani ma'lum qilingandi.