Deyarli bir asr ilgari jurnalist Napaleon Hill Amerikaning eng badavlat va omadli işbilarmonlari tomonidan qöllanuvçi strategiyalarini kaşf qiliş missiyasiga otlandi. 

U 20 yil davomida 500dan ziyod millioner hayotini örganib çiqdi, uning tadqiqotlari 1937 yilda tugallanib, "Öylang va boying" bestsellerida öz ifodasini topdi. 

Hillning sözlariga köra, sevgi-muhabbat va romantika omad va boylikni belgilab beruvçi asosiy omillardan hisoblanadi. Bu his-tuyğular erkaklarni yuqori çöqqilar sari çorlaydi.

Bill va Melinda Geyts

"Kareradagi eng muhim tanlov kimga uylanişingga boğliq", - deydi Facebook tarmoğining boş operatsion direktori Şeril Sandberg.

Köpçilik bu fikrni qöllab-quvvatlaydi, jumladan Ketrin Elford ham: "Agar men boşqa turmuş örtoq tanlaganimda hayotim mutlaqo boşqaça bölardi..."

Bu omil katta ahamiyatga ega. Tadqiqotlar ham bunday fikrlarni qöllab-quvvatlaydi. Sent-Luisdagi Vaşington universiteti olimlari Brittani Solomon va Joşua Jyekson ötkazgan tadqiqot ham insofli va farosatli  turmuş örtoq maoşning sezilarli darajada oşişiga sabab bölişini ta'kidlaşgan. 

Mark Tsukerberg va Pristsilla Çan

Bunday yor öz juftining kareraga katta e'tibor qaratişiga imkon yaratadi. Bundan taşqari, ularda öz turmuşidan mamnunlik hissi seziladi. Tadqiqotçilar uyda stress va dramaning yöqligi hamda qulay şaroit işdagi ruhiy va jismoniy faollikka olib kelişini ta'kidlaşadi. 

Hill falsafasining muayyan qismi eskirgan bölsa-da, uning mustahkam munosabatlar boylik va farovonlikka yetaklaşiga doir fikrlari hanuz öz isbotini topmoqda. 

Napaleon Hill