Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona kodeksi 4 ta davlat – Rossiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Armaniston prezidentlari tomonidan imzolandi. Bu haqda jurnalistlarga Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay'ati raisi Tigran Sarkisyan ma'lum qildi.
Sarkisyanning aytişiça, Bojxona kodeksining yangi tahriri bu juda omilkor hujjat bölib, unda jahon tajribalari tatbiq qilingan, bojxona tartibotlari ança yengillaştirilgan, Ittifoqning taşqi çegaralarida mahsulotlarni rasmiylaştiriş muddatlari qisqargan, elektron mexanizmlarni joriy qiliş hamda taşqi iqtisodiy faoliyat operatori maqomini taqdim qiliş tartibini osonlaştiriş nazarda tutilgan.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bojxona kodeksi 2009 yilda qabul qilingan Bojxona ittifoqi bojxona kodeksi örniga keladi.
Ittifoq a'zolari yangi Bojxona kodeksi 2018 yilda, kuçga kirgandan bir yildan keyin, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlariga xorijiy internet-dökonlardan mahsulotlarning bojsiz kiritilişi bösağasi sekin-asta kamayişni boşlaşiga kelişib oldilar. Birinçi kamayiş 2018 yilda 500 yevroga böladi. 500 yevrolik me'yordan yuqori qiymat uçun 30 foiz miqdorda, biroq 1 kg uçun 4 yevrodan kam bölmagan tölov közda tutilgan.
Yangi Bojxona kodeksi 2017 yil 1 iyuldan kuçga kirişi kutilmoqda.

















