Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi loyihasi e'lon qilindi, deb xabar berdi Norma.
Loyiha mualliflarining fikriça, yangi tahrirdagi Bojxona kodeksi bojxona tizimi barqarorligini ta'minlaydi, tadbirkorlarga örta muddatdagi bizneslari rivojini asosli prognoz qilişga imkon beradi.
Faktura qiymati beş ming AQŞ dollarigaça bölgan tovarning kelib çiqiş mamlakatini tasdiqlovçi hujjat bölib tovarning kelib çiqişi töğrisidagi deklaratsiya xizmat qilişi mumkin.
Bojxona qonunçiligini buzganlik uçun javobgarlikka oid normalar kiritildi.
Ayrim muddatlar qisqartirildi:
- Tovarlarni çiqarib yuboriş bojxona deklaratsiyasi röyxatdan ötkazilgan paytdan boşlab, bir iş kuni mobaynida yakunlanişi lozim (hozirda 3 iş kuni);
bojxona ombori bojxona protsedurasining amal qiliş muddatiga rioya etilişi çet el tovarlari uçun köpi bilan bir yil (hozirda uç yil).
Öz navbatida, quyidagi muddatlar uzaytirildi:
- tovarlarni tasniflaş böyiça dastlabki qaror, agar u özgartirilgan, qaytarib olingan yoki bekor qilingan bölmasa, u qabul qilingan kundan e'tiboran uç yil mobaynida amal qiladi (hozir bir yil).
- respublika hududiga olib kirilgan transportning böliş muddati 90 kundan 180 kunga uzaytirildi.
Qator bojxona protseduralari qisqartirildi, ularni soddalaştiriş közda tutilgan:
- tovarlarni import qilişda deklarant tomonidan bojxona qiymati deklaratsiyasini töldiriş tartibi bekor qilinmoqda;
- ikkita post örtasidan olib ötiladigan tovarlar va transport vositalariga nisbatan qisqa deklaratsiya sifatidagi yukni yetkazib beriş nazorat kitobçasi örniga tranzit deklaratsiyasini töldiriş taklif qilinmoqda.
Loyihada bojxona tölovlarini tölaş usullari batafsil körsatilgan, ularni tölaş böyiça majburiyatlarning kelib çiqişi va bekor qilinişi holatlari hamda bunga mas'ul şaxslar ifodalangan.
Bojxona tölovlari böyiça imtiyozlar xalqaro norma va amaliyotdan kelib çiqib körib çiqilgan, ayrim toifadagi şaxslar, xususan diplomatlar uçun esa ular Vena konvensiyasiga muvofiq tartibga solingan.
Bojxona nazorati formalari takomillaştirilmoqda, amaldagi kodeksda ular 12ta, loyihada esa ular bilan birgalikda bojxona nazorati ötkazilişini ta'minlaydigan çoralar közda tutilmoqda (jami 17ta forma va çora).

















