“Bojxona kodeksiga qöşimça va özgartirişlar kiritiş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.
Kodeksda vakolatli iqtisodiy operatorlarning (insofli taşqi iqtisodiy faoliyat iştirokçilariga soddalaştirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalaniş huquqini taqdim etiş) huquqiy maqomi belgilandi.
Kodeksga reeksport, vaqtinça olib çiqiş, reimport, vaqtinça olib kiriş, yöq qiliş bojxona rejimlari uçun ruxsatnoma oliş talabi bekor qilinganligiga oid özgartirişlar kiritildi.
Ruxsatnoma oliş faqat tovarni bojxona hududidan taşqarida qayta işlaş, bojxona hududida qayta işlaş bojxona rejimlarida talab etiladi.
Kodeksga tranzit deklaratsiyasi tuşunçasi kiritildi. Unga köra, tranzit deklaratsiyasi tovarlar va (yoki) transportlar haqidagi ma’lumotlar körsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda bojxona hududiga olib kiriladigan va Özbekiston hududi orqali tranzit olib ötiladigan tovarlarini jönatuvçi bojxona organidan tovar kelib tuşadigan bojxona organigaça nazorat qiliş uçun foydalaniladigan hujjatdir.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy ötgaç kuçga kiradi.
















