2016 yilning 27 dekabr kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruv akademiyasi (DBA) bilan KOICA'ning yangi loyihasini amalga oşirişga doir muhokamalar protokolini imzoladi. Loyiha nomi - "Özbekiston Respublikasi davlat sektorida innovatsiyalarni tatbiq etişda Davlat boşqaruv akademiyasi salohiyatini yaxşilaş".
KOICA ma'lumotlariga köra, loyiha 2017-2019 yillarda amalga oşiriladi. Loyiha qiymati 3 million dollarni taşkil qiladi.
Loyiha doirasida personalni boşqariş siyosati va Özbekistondagi davlat xizmatçilarini tayyorlaş tizimi böyiça konsultatsiyalar taqdim etiş, DBAning ta'lim salohiyatini mustahkamlaş rejalaştirilmoqda.
Yangi loyiha doirasida KOICA va DBA Özbekistondagi davlat idoralari vakillari uçun kadrlar tayyorlaş tizimining boş rejasini işlab çiqadi, şuningdek davlat sektorida innovatsiyalarni rağbatlantiriş maqsadida "Inson resurslarini rivojlantiriş" mavzusida konferensiya ötkazadi. KOICA va DBA Biznes-Reinjiniring Jarayonlarini qöllab, yangi öquv dasturlari, yangiça ta'lim usullari, pedagog va xodimlar uçun öquv seminarlarini işlab çiqadi, şu bilan birga veb-ta'limni ham yaxşilaşadi.
Bunga qöşimça ravişda, KOICA idorasi DBA talabalari, pedagoglari va xodimlari uçun Koreyada maxsus öquv kurslarini taşkillaştiradi.
KOICA'ning Özbekistondagi rahbari Im Jong Xi yangi loyihaning Özbekistondagi davlat idoralari xizmatçilarining salohiyatini oşirişiga umid bildirdi.

















