Tesla Model S elektrokari egalaridan biri internetga videoregistratorda olingan, maşina avtopilot tizimi yöldagi töqnaşuvni oldindan ayta olgan videoni joylaştirdi. Gap oldinda ketayotgan maşinalar töqnaşişidan avval işlagan şoşilinç töxtaş funksiyasi haqida ketmoqda.

Avtomobil Niderlandiyadagi şosselardan birida 110 km/soat tezlik bilan ketayotgan bölgan. Qandaydir lahzada maşina oldidan ketayotgan Opel xetçbeki öz oldida keskin töxtagan avtomobillarni aylanib ötmoqçi bölgan, biroq yöltanlamasga urilgan.

"Tesla" avtopiloti töqnaşuvdan ogohlantiruvçi signal berib, töqnaşuv sodir bölişidan avval töxtaşni boşlagan. Vaholanki, videodan körinişiça, oldindagi xetçbek hattoki töxtaşga ham urinmagan. Boşqaça aytganda, avtopilot "Opel" oldida töxtagan avtomobillarni göyoki uning orqasidan köra olgan.

Rolik muallifi avtomobili sentabrda taqdim qilingan Autopilot 8.0 tizimidan foydalanadi. Bu avtopilot dasturiy ta'minoti bölib, 2014 yil oktabridan çiqarilgan va avtopilot uçun muayyan qurilma bilan jihozlangan "Tesla" modellari uçun möljallangan.  

Bu dasturning asosiy jihati tizimning old radari işining yangi algoritmi böldi, bunda signal oldinda ketayotgan avtomobilni yon tomonlardan aylanib ötib, avtopilotga kamida bir maşina orqali köriş imkonini beradi. 

2016 yil oktabrda Tesla avtonom boşqaruv tizimining yangi versiyasini e'lon qilgandi, u avvalgisidan yaxşiroq va xavfsizroq böladi. Barça yangi "Tesla"larda 250 metr masofagaça obektlarni farqlay oladigan 8 ta aylanma köriş kamerasi, qattiq va yumşoq obektlarni masofadan turib farqlay oladigan 12 ta yangilangan ultratovuş datçigi hamda kuçli yomğir, tuman va çang orqali köra oladigan radar qöllanadi.

Ma'lumotlarni qayta işlaş uçun avvalgi versiyasidan unumdorligi 40 marta oşadigan yangi kompyuter işlatiladi. Yangi tizim markaning seriyali modellarida qaçon paydo bölişi ma'lum qilinmagan.