Barak Obamaning 8 yillik prezidentligi davomida u va uning oilasining dam olişi va norasmiy safarlari Amerika ğaznasiga 96 million dollardan köproqqa tuşdi. Bu haqida Judicial Watch ijtimoiy taşkiloti tomonidan tuzilgan hisob-kitoblarga asoslanib, Fox News xabar berdi. 

Taşkilot prezidentni qöriqlaş bilan şuğullanuvçi AQŞ Maxfiy xizmatidan Obama va uning oilasi çiqimlariga doir hujjatlarni qölga kiritdi. Bunda Judicial Watch vakillari axborot tarqatiş erkinligi töğrisidagi qonunga tayanişdi. 

Natijada Obama va uning oilasining dam olişiga AQŞ soliq xizmati 96 938 882,51 dollar sarflagani ma'lum böldi. 

Bundan avval prezident oilasi sayohatlarining qiymati örtaça 85 million dollar atrofida baholanayotgan edi, biroq ularning oxirgi, Havayiga qilgan sayohati sönggi summaga sezilarli ta'sir körsatdi.