Yakuniga yetayotgan 2016 yilda sport olamida bir qator katta turnirlar bo‘lib o‘tdi. «Tribuna» 2016 yilning asosiy voqealari suratlarini yodga oldi.

Yanvar-2016, Olimpiya chempioni Andreas Vank Avstriyadagi Insbrukda uchmoqda.

Amerikacha futbol. Lourens Erekosim «Alabama Krimson Tayd»ning chempionligini nishonlmamoqda.

Gael Monfis Australian Open doirasidagi o‘yinda.

Yangi zelandiyalik regbichilardan klassik xak.

Afg‘onistonlik 5-yoshli Murtazo Ahmadiy o‘z kumiri libosida. U yil oxirida Lionel Messi bilan uchrashdi.

Kobe Brayantning NBAdagi oxirgi uchrashuvi. 13 aprel kuni u «Yute»ga qarshi o‘yinda 60 ochko ishlagandi.

Beysbolda ham shunaqasi bo‘lib turadi. «Oklend» a'zosi Markus Semien o‘z bitasini sindirib qo‘ydi.

«Lester» – chempion», Klaudio Raneri Kubok bilan! Yilning eng chiroyli tarixlaridan biri.

Germaniya Kubogi finali. «Bavariya» «Borussiya»ni penaltilar seriyasida yengdi, Robert Levandovski Marko Roysni ovuntirmoqda.

«Rolan Garros» chempioni Novak Jokovich. Ushbu serbiyalik sportchi Fransiyadagi ilk g‘olibligini qo‘lga kiritdi.































