Iroq poytaxti Bağdod şahrida yana kuçli portlaş röy berdi. Reuters agentligi politsiya va tibbiyot xodimlariga asoslanib xabar berişiça, bu portlaş oqibatida 10dan ortiq kişi halok bölgan va 35 kişi jarohatlangan.
Qayd etilişiça, As-Sadr tumanida kişilar gavjum hududda avtomobil portlatilgan.
Hozirça bu terakt uçun javobgarlikni heç bir taşkilot zimmasiga olmadi.

















