Italiyaning Florentsiya şahrida qölbola portlovçi qurilmaning portlaşi oqibatida politsiya xodimlaridan biri jiddiy jarohat oldi, deb xabar bermoqda ANSA naşri.

Naşr ma'lumotlariga köra, şubhali buyum şaharning tarixiy markazi yaqinidagi köçada taxminlarça neofaşist jamoatçilik taşkiloti Casa Pound bilan aloqador bölgan dökonga kiraverişda aniqlangan. 

Şubhali buyum bilan portlovçi moddalar bilan işlovçi politsiyaçilar işlayotganda portlaş yuz bergan. Dastlabki ma'lumotlarga köra, şubhali buyum soat mexanizmi bilan harakatga keltiriluvçi qölbola bomba bölgan.

Yaralangan politsiyaçi şifoxonaga yetkazilgan, unga qöli va köriş qobiliyatidan ayrilişi xavf solmoqda. Voqea tergov qilinmoqda.