Italiyaning Giornale Diplomatico kundalik onlayn gazetasida Özbekiston Madaniyat markazi oçilişi tafsilotlariga bağişlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

Unda qayd etilganidek, Italiyada birinçi bölib oçilgan uşbu markaz Özbekiston Respublikasi faxriy konsulligining tezkor ştabi qaror topgan La Leopoldina yangi binosi yonida joylaşgan.

“Madaniyat markaziga XV asrda yaşagan buyuk özbek olimi, astronom Mirzo Uluğbek nomi berilgan. Markazning oçiliş marosimida Özbekistonning Italiyadagi elçisi Otabek Akbarov, "Vatandoşlar" jamoat fondi vakillari, hukumatning sobiq vakili Tisiana Nisini, Florensiya munitsipaliteti vakili, maslahatçi Bettarini iştirok etdi”, deb yozadi onlayn naşr.

Maqolada uşbu markazni oçiş ğoyasi direktor Kamila Qirğizova hamda Özbekistonning faxriy konsuli Leonardo Komuççiga tegişli ekanligi ham qayd etilgan.

Alohida ta’kidlanganidek, “u mahalliy muhitga ajoyib tarzda integratsiyalaşgan va tobora ösib borayotgan özbekistonliklar hamjamiyati uçun yangi uçraşuv joyi bölib qoladi. Şuningdek, ikki mamlakat örtasidagi özaro almaşuv aloqalarining kölamlari tobora kengayib borayotgan hozirgi paytda özbekistonlik va italiyalik tadbirkorlar uçraşuvlarini ham taşkil qiliş mumkin bölgan maskanga aylanadi”.