Florensiya rasmiylari 12 noyabr kuni Italiya hukumati «Katta yettilik»ga a’zo davlatlarning turizm vazirlarini qabul qilgan bir paytda «haddan ziyod tuzim»ga qarşi kuraş böyiça yangi çora-tadbirlarni qabul qildi, deb xabar beradi ABC News.

Qayd etilişiça, mer Sara Funaro kabineti 10 ta banddan iborat rejani ma’qullagan. Ulardan biriga köra, ekskursiya gidlariga Florensiya tarixiy markazida ovoz kuçaytirgiçlardan foydalaniş taqiqlanmoqda.

Bundan taşqari, şahar ma’muriyati kvartiralarini ijaraga beriş vaqtida bino devoriga kalit uçun möljallangan qutilarni örnatayotgan uy egalariga qarşi kuraşiş niyatida. Hukumatning fikriça, bu kabi moslamalarning örnatilişi şaharning tarixiy körinişini buzmoqda.

ISTAT Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga köra, 2023 yilda Italiyaga öz tarixidagi eng köp turist taşrif buyurgan: 134 million kişi kelgan, 451 million odam esa mehmonxonalar yoki boşqa turar joylarda töxtab ötgan.

Mehmonxonadan taşqari maskanlarda qolişni tanlagan taşrif buyuruvçilar soni 2022 yil bilan taqqoslaganda 17 foizga oşgan.

Italiya BMTning Jahon sayyohlik barometri reytingida xalqaro turistik yönalişlar böyiça Fransiya, Ispaniya va AQŞdan keyin törtinçi örinni egallaydi. Statista tadqiqotlarida keltirilişiça, 2023 yilda turistik sohaning Italiya YaIMdagi uluşi 10,5 foizni taşkil etgan.