Kuzatuvlar tarixidagi eng yirik astreoidlardan biri Yerga yaqinlaşmoqda, deya ogohlantirmoqda NASA.
Koinot obekti 4,4 kilometr diametrga ega bölib, olimlar uni «Florentsiya» deb ataşdi. U 1 sentabr kuni Yerga maksimal darajada yaqinlaşadi.
Ma'lum qilinişiça, gigant-astreoidning sayyoramiz bilan orasidagi masofa xavfsiz hisoblanadi - taxminan 7 million kilometr. Astreoid Puerto-Riko hududida joylaşgan radar va qurilmalardan kuzatiladi.
Ta'kidlaş joizki, «Florentsiya» 1980 yilda kaşf qilingan. Astreoidning Yerga yaqinlaşişi olimlarga uşbu osmon jismi haqida qöşimça ma'lumot oliş imkonini beradi.

















